SABAATSYSTEMS
Konsultatsiya
Sabaat Systems · Biznesni tizimlashtirish

Ishlab chiqarish va distribyutsiya biznesini tizimlashtiramiz

  • Jarayonlarni tartibga solamiz
  • Vazifalar va javobgarlikni aniq qilamiz
  • KPI va nazorat tizimini yaratamiz
  • Rahbarning kundalik operatsion ishlarga bog‘liqligini kamaytiramiz
Sabaat Systems Biz kimmiz

Biz kimmiz

Ishlab chiqarish va distribyutsiya korxonalarini noto‘g‘ri tizimdan to‘g‘ri tizimga o‘tkazadigan kompaniya.

Biz kimmiz

Sabaat Systems dastur o‘rnatib ketmaydi, tizim quradi

Sabaat Systems ishlab chiqarish va distribyutsiya korxonalarini tizimlashtiradi. Korxonani diagnostika qilamiz, har bir muammoga yechim beramiz, jarayonlar, vazifalar, KPI va nazoratni quramiz. Ish tugaguncha joyida turamiz: korxonani o‘z qo‘limiz bilan emas, uning rahbariyati — direktor, direktor o‘rinbosari, smena boshliqlari orqali boshqaramiz va har bir ishni nazorat qilamiz. Chunki korxonada rahbarning so‘zi o‘tadi.

Qaysi tizim qo‘yilishidan qat’i nazar, ERP bo‘ladimi yoki boshqa dastur, hech bir ish nazoratimizdan chetda qolmaydi.

Sabaat Systems Muammolar

Muammolar

Korxona tizimga emas, odamlarga tayanib ishlaganda chiqadigan belgilar.

Muammolar

Korxonangizni tanidingizmi?

Quyidagilardan kamida ikkitasi tanish bo‘lsa, korxona tizimga emas, odamlarga tayanib ishlayapti.

  • Hamma ish rahbarga bog‘langan
  • Xodim nima qilishi aniq emas
  • Jarayonlar yozilmagan
  • Hisobotlar kechikadi
  • Excel va Telegram haddan tashqari ko‘p
  • Ombor nazorati sust
  • Ishlab chiqarishda yo‘qotishlar bor
  • Muammo qayerdan kelayotganini aniqlash qiyin
Tizim qanday ishlaydi

Ishlab chiqarishdan do‘kon javonigacha, har bir jarayon bitta tizimda

Ishlab chiqarish Sabaat Systems Distribyutsiya

Har bir harakatlanayotgan nuqta bitta topshiriq. Har biri nazoratda va o‘z manziliga yetib boradi.

Farq

Odamga bog‘langan korxona va tizimga bog‘langan korxona

Bir xil korxona, bir xil xodimlar. Farq faqat ish nimaga tayanib turganida.

Odamga bog‘langan
Tizimga bog‘langan
Rahbar bir hafta bo‘lmasa
Odamga bog‘langan:Ish sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi
Tizimga bog‘langan:Ish rejadagidek davom etadi
Tajribali xodim ishdan ketsa
Odamga bog‘langan:Bilim ham u bilan birga ketadi
Tizimga bog‘langan:Jarayon yozilgan, yangi xodim tez o‘rganadi
Savdo yoki ombor raqami kerak bo‘lsa
Odamga bog‘langan:Kimdandir so‘raysiz va kutasiz
Tizimga bog‘langan:Dasturda bir qarashda ko‘rasiz
Topshiriq berilganda
Odamga bog‘langan:Esdan chiqadi, kim javobgarligi noma’lum
Tizimga bog‘langan:Mas’ul va muddat bor, bajarilishi nazoratda
Xato chiqqanda
Odamga bog‘langan:Aybdor qidiriladi
Tizimga bog‘langan:Sababi topiladi va jarayon tuzatiladi
Korxona o‘sganda
Odamga bog‘langan:Rahbarning vaqti yetmay qoladi
Tizimga bog‘langan:Tizim yangi hajmni ko‘taradi

Sizning korxonangiz hozir qaysi ustunda?

O‘ng ustunga o‘tish

“Korxonadagi ishlarni odamga emas, tizimga bog‘laymiz.”

Sabaat Systems · Biznesni tizimlashtirish
Sabaat Systems Metodologiya

Metodologiya

Tayyorgarlikdan chiqishgacha 8 bosqich. Ish 1 oydan 3 oygacha, keyin 2 oy kuzatuv.

Biz nima qilamiz

Sabaat Systems metodologiyasi

Har bir korxona bilan shu 8 bosqichda ishlaymiz. Har bosqich aniq shart bajarilgandagina yopiladi. Korxonadan chiqish shartlari bajarilgandan keyingina chiqamiz. Usulimiz Toyota, McDonald’s, Amazon kabi dunyodagi yetakchi kompaniyalar tajribasi asosida tuzilgan va o‘z loyihalarimizda sinalgan.

  1. 01

    Tayyorgarlik

    Egasiga 7 ta qisqa savol yuboramiz va 3–4 soatlik uchrashuvni kelishamiz.

  2. 02

    Birinchi kun

    Bepul uchrashuv: egasini tinglaymiz, korxonani mahsulot yo‘li bo‘yicha aylanamiz, diagnostikani yozma kelishamiz.

  3. 03

    Diagnostika

    1–2 hafta: inventarizatsiya, smena va buyurtma kuzatuvi, xodimlar bilan suhbat. Natija: «hozir» raqamlari va eng katta 3 muammo.

  4. 04

    Kelishuv

    Har muammoga yechim va raqamli natija, 1–2 asosiy maqsad, ish rejasi va shartnoma. Tizimni yuritadigan xodim tayinlanadi.

  5. 05

    Tizimni qog‘ozda qurish

    Tuzilma, lavozim yo‘riqnomalari, ish tartiblari, qoidalar, maosh tizimi, KPI va dasturchi uchun topshiriq.

  6. 06

    Joriy qilish

    Xodimlar o‘qitiladi, 2 hafta sinab ko‘riladi, keyin hamma bir kunda yangi tizimga o‘tadi.

  7. 07

    Nazorat

    Har kuni reja va natija, har hafta raqamlar jadvali. Nazorat bosqichma-bosqich korxona direktoriga topshiriladi.

  8. 08

    Chiqish

    Chiqish shartlari tekshiriladi, ish qabul qilinadi, «oldin–keyin» jadvali tuziladi. Keyin 2 oy kuzatuvda bo‘lamiz.

Diagnostika xulosasi namunasi

Diagnostika xulosasi · namunaAudit
MuammoYechimNatija
Ombordagi qoldiq dasturga mos emasKirim-chiqim faqat hujjat bilan, haftalik inventarizatsiyaKamomad 3% → 0,5%
Brak qaysi bosqichda chiqishi noma’lumHar smena oxirida reja, fakt va brak hisobotiBrak 4% → 1,5%
Do‘konlar qarzi nazoratsiz o‘smoqdaHar mijozga qarz limiti va muddat nazoratiMuddati o‘tgan qarz 2 barobar kam
Hamma qaror egasiga bog‘liqMas’ul, muddat va natija bilan topshiriqlarEgasining mayda ishlari kuniga 8 → 2 soat
Har muammoga dalil, oylik zarar, yechim va raqam bilan kutilgan natija yoziladi
Tizim

Tizimning 6 qismi — hammasi bo‘lishi shart

Sabaat har bir korxonada shu 6 qismni quradi. Bitta qism bo‘lmasa, tizim qulaydi: masalan, ish tartibi yozilgan-u nazorat ritmi bo‘lmasa, qoida qog‘ozda qolib ketadi.

Maqsad

Nimaga erishamiz, raqam bilan: strategik reja va 1–2 asosiy maqsad

Standart

Har ish qanday bajariladi: ish tartibi, devor varag‘i, video yo‘riqnoma

Mas’uliyat

Har ishning bitta egasi: tuzilma va lavozim yo‘riqnomalari

Raqamlar

Natija va harakat raqamlari, KPI, pul oqimi rejasi

Ritm

Har kun, hafta, oy va chorakda ko‘rib chiqish

Poydevor

O‘qitish va har kuni ozgina yaxshilash

Sabaat Systems Xizmatlar

Xizmatlar

Audit, tizimni qurish va doimiy nazorat: korxonaning holatiga qarab. Ish 1 oydan 3 oygacha, keyin 2 oy kuzatuv.

Xizmatlar

Korxonaning holatiga qarab 3 pog‘ona

1-pog‘ona · 2–3 hafta

Audit

Korxonaning hozirgi holati raqam bilan: muammolar, yo‘qotishlar va ularning oylik zarari. Natija — yozma hisobot va tuzatish rejasi.

2-pog‘ona · 1–3 oy

Tizimni qurish

Noldan qurish, mavjud tizimni qayta qurish yoki ishlab chiqarish va distribyutsiyani birga tizimlashtirish. Chiqish shartlari bajarilguncha korxonada bo‘lamiz. Ish qabul qilingach, 2 oy kuzatuvda bo‘lamiz: nosozlik chiqsa, tuzatib beramiz.

3-pog‘ona · oylik

Doimiy nazorat

Kuzatuv tugagach, xohlasangiz: haftada 1–2 marta tekshiruv, oylik ko‘rib chiqish va yangi xodimlarni o‘qitish. Tizim bo‘shashmaydi.

Tizimni qurishga nimalar kiradi

Biznes diagnostikasi

Hozirgi holat raqamda: kamomad, brak, qarz va yo‘qotishlar

Ish tartiblari

Har ish qadam-baqadam yoziladi; ish joyida devor varag‘i va video yo‘riqnoma

Ishlab chiqarishni tartibga solish

Xomashyodan tayyor mahsulotgacha reja, fakt va brak hisobi

Tuzilma

Kim kimga bo‘ysunadi; har ishning bitta javobgari

Lavozim yo‘riqnomalari

Har lavozim nima qiladi, nimani o‘zi hal qiladi va qanday baholanadi

Strategik reja va maqsadlar

1 betlik reja, 1–2 asosiy maqsad va choraklik vazifalar

KPI va maosh tizimi

Har xodim natijasi raqamda; maosh natijaga adolatli bog‘lanadi

Nazorat tizimi

Topshiriqlar, ertalab reja, kechqurun natija, haftalik raqamlar jadvali

Ombor va zaxira nazorati

Qoldiq, kirim-chiqim faqat hujjat bilan, eng kam zaxira chegarasi

Pul nazorati

13 haftalik pul oqimi rejasi, xarajat tasdig‘i va qarz chegarasi

Dastur (ERP/CRM)

Mos dasturni tanlash, dasturchi uchun topshiriq va joriy qilishni nazorat qilish

Qayerdan boshlashni bilmaysizmi?

Auditdan boshlaymiz. Konsultatsiya olish →

1-yo‘nalish

Ishlab chiqarish korxonalari

Xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan har bir jarayon va sexdagi har bir xodimning ishi nazoratda.

Ko‘p uchraydigan yo‘qotishlar
  • Ombor kamomadi va hujjatsiz kirim-chiqim
  • Brak qaysi bosqichda chiqishi noma’lum
  • Xomashyo me’yordan ortiq sarflanadi
  • Stanoklar to‘xtab qoladi, sababi yozilmaydi
2-yo‘nalish

Distribyutsiya korxonalari

Mahsulot ombordan chiqqanidan pul kassaga qaytguncha: buyurtma, ombor, yetkazish, qarz va mijozlar bazasi bitta tizimda va kunlik nazoratda.

Ko‘p uchraydigan yo‘qotishlar
  • Qaytmay qolgan qarz
  • Agentning o‘zi bergan chegirmasi
  • Ombor kamomadi
  • Agent bormaydigan do‘konlar
  • Egasi hamma narsani telefonda o‘zi hal qiladi
Sabaat Systems Loyihalar

Loyihalar

Korxonalarda amalda bajarilgan ishlar.

Loyihalar

Amalda qilingan ishlar

Korxonalarda amalda qilingan ishlar: vazifa, nima qilindi va natija.

Areon Plyus

Tualet qog‘ozi ishlab chiqarish korxonasi

Vazifa

  • Hisob-kitobni bitta tizimga yig‘ish
  • Ishlab chiqarish, savdo va mijozlar ko‘rsatkichlarini aniq ko‘rish
  • Biznes egasini kundalik operatsion ishlardan bo‘shatish

Nima qilindi

  • Hisob, savdo va mijozlar bilan ishlash bitta ERP tizimga bog‘landi
  • Tuzilma qurildi
  • Barcha ish jarayonlari tizimlashtirildi

Natija

100% 10%

Biznes egasining kundalik ishlarga aralashuvi

  • Barcha jarayonlar nazoratda
  • Hisob, savdo va mijozlar bitta tizimda

Fresh

Ishlab chiqarish korxonasi

Vazifa

  • Kundalik ishlarni aniq reja asosida yuritish
  • Har bir xodimning ishini nazoratga olish
  • Korxona jarayonlarini yagona tizimga solish

Nima qilindi

  • Ertalabki reja va kechki natija tizimi joriy qilindi
  • Xodimlar ishi topshiriqlar orqali beriladi va nazorat qilinadi
  • Jarayonlar joyida turib bosqichma-bosqich tizimlashtirilmoqda
  • Tuzilma va lavozim yo‘riqnomalari tayyorlandi, dastur uchun texnik topshiriq yozildi

Natija

  • Har kuni ertalab reja, kechqurun natija
  • Har bir topshiriqning mas’uli va muddati bor
  • Rahbar korxona holatini har kuni ko‘rib boradi

Mijozlarimizning ichki ma’lumotlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari maxfiy saqlanadi va oshkor qilinmaydi.

Bizning yondashuv

Biz odamlarni ko‘paytirishga emas, tizimni to‘g‘ri qurishga e’tibor beramiz

Yana bitta xodim olish

Har bir yangi muammo chiqqanda yana bitta odam yollanadi. Xarajat oshadi, tartibsizlik esa qoladi.

Tizimni to‘g‘ri qurish

Jarayon, vazifa va nazorat to‘g‘ri qurilsa, bor xodimlar bilan ham ish tartibli bajariladi. Biz har bir ishni korxona rahbariyati orqali boshqaramiz va oxirigacha nazorat qilamiz.

Qoidalar

Har bir loyihada amal qiladigan 5 ta qoida

Borib ko‘ramiz

Muammo ofisda emas, sexda, omborda va yo‘lda ko‘rinadi.

Raqam bilan o‘lchaymiz

«Yaxshilandi» emas, «kamomad 3% dan 0,5% ga tushdi». Har raqamning bitta egasi bor.

Hammasini yozamiz

Har ish qadam-baqadam yoziladi, odam almashsa ham ish to‘xtamaydi.

Egasi oldinda turadi

Har qoidani egasining o‘zi e’lon qiladi va o‘zi ham amal qiladi.

Usulni yaxshilaymiz

Bir korxonada yaxshi ishlagan narsa keyingi har bir mijozda ishlatiladi.

Tamoyillar

Shaffoflik va shar’iy qoidalarga muvofiqlik

Mijoz bilan ishimiz ochiq, yozma va halol kelishuvga asoslanadi.

Shaffoflik

  • Har kelishuv, qaror va topshiriq yozma bo‘ladi; egasining qarorlari sana bilan yozib boriladi.
  • Natija raqam bilan ko‘rsatiladi: ish boshidagi va oxiridagi raqamlar yonma-yon qo‘yiladi — yaxshisi ham, yomoni ham.
  • Har hafta raqamlar jadvali ko‘riladi, egasi har oy 1 sahifalik hisobot oladi.
  • Narx diagnostikadan keyin aniq aytiladi; narxga nima kirmasligi ham shartnomada yoziladi.
  • Ish oxirida barcha hujjatlar egasiga topshiriladi; dasturning asosiy kirishi egada bo‘ladi.

Shar’iy qoidalarga muvofiqlik

  • Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuziladi; unga shariatga zid band kiritilmaydi.
  • Shartnomada foiz va jarima yo‘q.
  • Noaniqlik yo‘q: ish hajmi, narx, muddat va qabul shartlari oldindan aniq yoziladi.
  • To‘lov 3 bosqichda: ish boshida, o‘rtasida va ish qabul qilinganda.
  • Kelishmovchilik Qur’on va Sunnatga muvofiq hal qilinadi.
  • Mijozning ichki ma’lumotlari amonat: hech kimga oshkor qilinmaydi.
Nazorat

Hech bir ish nazoratdan chetda qolmaydi

Har bir ish topshiriq orqali beriladi. Har bir topshiriqning mas’uli, muddati va natijasi bor. Har kuni ertalab reja qo‘yiladi, kechqurun natija bilan solishtiriladi.

Ish 3 kun ketma-ket bajarilmasa, egasiga yoziladi. Har hafta rahbarlar yig‘ilishida raqamlar jadvali ko‘riladi: yashil — joyida, sariq — chegarada, qizil — yomon. Nazoratni avval Sabaat yuritadi, keyin bosqichma-bosqich korxona direktoriga topshiradi.

Beriladi

Mas’ul va muddat belgilanadi

Bajariladi

Xodim natijani kiritadi

Tekshiriladi

Joyida va dasturda nazorat

Yopiladi

Kechikkan ish sababi bilan qayta rejalanadi

Bugungi topshiriqlar · namunaNazoratda
Xomashyoni qabul qilib, omborga kiritishOmborchi · 10:00 gacha
Bajarildi
1-sexda 1 200 dona mahsulot chiqarishSex boshlig‘i · 18:00 gacha
Bajarildi
Uskunani profilaktik ko‘rikdan o‘tkazishMexanik · 14:00 gacha
Kechikdi
14 ta do‘konga buyurtmani yetkazishEkspeditor · 17:00 gacha
Jarayonda
Kunlik natija hisobotini topshirishHisobchi · 18:30 gacha
Jarayonda
Kun bo‘yicha: 22 ta topshiriqdan 19 tasi bajarildi
Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

ERP dastur o‘rnatish majburiymi?

Yo‘q. Diagnostikadan keyin korxonaga mos dastur tanlanadi: tayyor dastur yoki korxonaga moslab yoziladigan ERP. Bu masala shartnomadan oldin hal qilinadi. Joriy qilishni Sabaat korxona rahbariyati orqali boshqaradi va har bosqichni nazorat qiladi.

Faqat bitta bo‘limni tizimlashtirsa bo‘ladimi?

Ha. Bitta bo‘limdan, masalan ombor, sotuv yoki ishlab chiqarishdan boshlash mumkin. Lekin o‘sha bo‘limda tizimning 6 qismi to‘liq quriladi: maqsad, ish tartibi, mas’ul, raqamlar, nazorat ritmi va o‘qitish.

Ish qancha vaqt oladi?

1 oydan 3 oygacha: tizim tayyor bo‘ladi, sinovdan o‘tadi va qabul qilinadi. Aniq muddat korxonaning hajmiga qarab diagnostikadan keyin aytiladi. Qabuldan keyin 2 oy kuzatuvda bo‘lamiz: biror muammo yoki nosozlik chiqsa, tuzatib beramiz.

Natijani qanday ko‘raman?

Diagnostikada korxonaning hozirgi raqamlari yoziladi: ombor kamomadi, brak, qarz va boshqalar. Ish oxirida shu raqamlar bugungisi bilan yonma-yon solishtiriladi — yaxshisi ham, yomoni ham halol ko‘rsatiladi.

Narxi qancha?

Birinchi uchrashuv bepul. Narx ish hajmiga qarab diagnostikadan keyin aniq aytiladi. To‘lov 3 bosqichda: ish boshida, o‘rtasida va ish qabul qilinganda. Foiz va jarima yo‘q.

Shartnoma shar’iy qoidalarga muvofiqmi?

Ha. Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuziladi va unga shariatga zid band kiritilmaydi: foiz va jarima yo‘q, ish hajmi, narx va muddat oldindan aniq yoziladi.

Siz ketgandan keyin tizim buzilib qolmaydimi?

Chiqishdan oldin nazorat bosqichma-bosqich korxona direktoriga topshiriladi va tizimni yuritadigan xodim tayyorlanadi. Biz chiqish shartlari bajarilgandagina chiqamiz: masalan, ertalab reja va kechqurun natija Sabaat’siz ishlayotgan bo‘lishi kerak. Qabuldan keyin yana 2 oy kuzatuvda bo‘lamiz va chiqqan nosozlikni tuzatib beramiz.

Aloqa

Korxonangiz bo‘yicha konsultatsiya oling.

Aloqa

Korxonangiz bo‘yicha konsultatsiya oling

Telegram yoki WhatsApp orqali yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Avval korxonangiz haqida 7 ta qisqa savol beramiz, keyin 3–4 soatlik bepul uchrashuvga kelamiz: sizni tinglaymiz va korxonani aylanamiz. Muammolarni 1–2 haftalik diagnostikadan keyin raqam bilan ko‘rsatamiz.

Sabaat SystemsBiznesni tizimlashtirish

Korxonadagi ishlarni odamga emas, tizimga bog‘laymiz.

Sabaat Systems — biznesni tizimlashtirish

Birinchi uchrashuv bepul: korxonangiz bo‘yicha konsultatsiya oling

Bog‘lanish